Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi jurnalistlar faoliyatiga to‘sqinlik qilgan (Sevimli telekanali tasvirchisini kaltaklaganini aytgan) IIV va Milliy gvardiya xodimlariga nisbatan chora ko‘rilishiga umid bildirdi. Agentlik barcha davlat organlarini jurnalistlar mehnatini hurmat qilishga chaqirdi.
Antikorrupsiya agentligi Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov va uning turmush o‘rtog‘i, qizi hamda o‘g‘li ta’sischilari bo‘lgan Sevimli TV o‘rtasida shartnomalar tuzish va subsidiyalar ajratishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganini aniqladi.
«Sabriya» teleseriali tanqididan so‘ng Sevimli telekanali bosh direktori va bosh muharriri lavozimini tark etdi, telekanal kuzatuv kengashiga esa vaqtinchalik Kinematografiya agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov rahbarlik qiladigan bo‘ldi. Ushbu o‘zgarishlar AOKA tekshiruvidan keyin sodir bo‘ldi.
“Sevimli” telekanalida efirga uzatilgan “Sabriya” serialidagi behayo epizodlarga nisbatan bildirilgan tanqidlardan so‘ng, telekanal rahbari Amira Rashidova munosabat bildirdi. “Yovuzlikni ko‘rsatmay, yomon odamlarning borligini berkitib yashaydigan zamonda emasmiz”, — dedi u. O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov esa serial “haqiqatdan ham badiiy va mazmunan sayoz” ekanligini tan oldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting